Hodisalar

Surxondaryoda tibbiyot birlashmasi boshligʻi prokuratura va DXX xodimlari tomonidan ushlandi

© Sputnik / Uzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Surxondaryo viloyati Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi pora olayotgan vaqtida ushlandi.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Prokuratura xodimiga pora taklif qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Xabarda aytilishicha, Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi N.X. fuqaro O.B.ni yuqumli kasalliklar boʻlimiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilish evaziga birlashma kadrlar boʻlimi boshligʻi N.S. orqali 2,5 mln. soʻm pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.X. va N.S.larga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0