Prokuratura xodimiga pora taklif qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda 98 ta pora berish holati qayd etilgan bo‘lib, jami 57 ming 500 dollar hamda 48 mln 885 ming so‘m miqdorida pora taklif qilingan.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Prokuratura xodimiga pora taklif qilgan shaxslar hibsga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, paxtachi tuman prokuraturasi (Samarqand viloyati) tomonidan tuman IIB qo‘riqlash bo‘limi xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan bir guruh shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazish davomida, 08.03.2019 yilda fuqaro X.M. tuman prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi D.B.ning xizmat xonasiga kelib, ayblanuvchilar uning qarindoshi ekanligini ma’lum qilib, ularga nisbatan ayblovni yengillashtirish evaziga 5 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Gulnora Karimovani katta miqdorda pora olishda ayblamoqda

Tergovchi lavozimida ish o‘rganuvchi D.B.ning bildirgisi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. tuman hududida joylashgan “Kim-Ping” nomli restoranda 5 ming AQSh dollarini D.B.ga pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, 09.03.2019 yilda Namangan viloyat prokuraturasi katta tergovchisi Sh.J. viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, “MQ” MChJ, “NQ” DUK va “SM” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha “WPS” MChJ rahbari R.E. barcha jinoiy harakatlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ma’lum qilib, ishga aloqador boshqa shaxslarni javobgarlikka tortmaslik evaziga 10 ming dollar miqdorida pora taklif qilganligini bildirgan.

Ushbu bildirgi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 10.03.2019 yilda R.E. tergovchi Sh.J.ning xizmat xonasida unga 10 ming dollarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan jinoyatchilarga nisbatan O‘zbekiston JKning 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar xodimiga 400 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs hibsga olindi

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda prokuratura organlari tizimida xizmat qiluvchi xodimlarga 20 ta holatda 4 ming 200 dollar hamda 15 mln 424 ming so‘m miqdorida pora taklif qilingan bo‘lsa, 2018-yilda 98 ta holat qayd etilgan bo‘lib, jami 57 ming 500 dollar hamda 48 mln 885 ming so‘m miqdorida pora taklif qilingan.

Ushbu holatlar yuzasidan 2017-yilda prokuratura xodimlariga pora taklif qilgan 16 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari, 4 nafar shaxslarga nisbatan esa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, jazo muqarrarligi ta’minlangan.

2018 yilda mazkur holatlar yuzasidan 82 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari, 16 nafar shaxslarga nisbatan esa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0