Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev zavershil svoy vizit v Kitay i otbыl v Tashkent
Shavkat Mirziyoyev zavershil svoy vizit v Kitay i otbыl v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq soʻzladi.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vыstupil na forume “Odin poyas, odin put”  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev: birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijalarini xalqlarimiz sezishi kerak

Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida boʻldi.

Davlat rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvida mamlakatlar hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, Belarus, Tojikiston prezidentlari, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. 

Prezident “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq soʻzladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Yangiliklar lentasi
0