TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Moskva Basman sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati “K” boshqarmasining sobiq xodimi Andrey Vasilyevni hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. RIA Novosti xabariga asosan.
Vasilyev tergov izolyatorida kamida 25-iyungacha bo‘ladi.
Bundan tashqari, bugun yana ikki nafar polkovnik hibsga olindi. Ulardan biri Dmitriy Frolov xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi, boshqasi esa Kirill Cherkalin hozirgi vaqtda tizimda xizmat qilmoqda.
Frolov “Suldukar Neftegaz" va "Istsib geologorazvedka" kompaniyalarda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda xavfsizlik xodimlari Glyadelkin familiyali shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilishgan.
Oqibatda Glyadelkin kompaniya ustav kapitaliga tegishli bo‘lgan ulushni ta’magirlarga berib yuborishga rozi bo‘ladi.
Yetkazilgan zarar 490 million rublni tashkil qildi.
Shu bilan birga, FXX xodimi Chekalin juda ko‘p miqdorda pora olishda gumonlanmoqda.