Rossiya chegarasini buzgan Ukrainaning uchta kemasi ushlandi – FXX axboroti

© A.SavinZdanie FSB v Moskve
Zdanie FSB v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Federal xavfsizlik xizmati Rossiya chegarani buzgan Ukraina uchta kemasi ushlanganligi haqida axborot berdi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining uchta kemasi ushlanganligi haqida xabar berdi. Ular yakshanba kuni Qora dengizda qator provokatsiyalarni amalga oshirishgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina jurnalist Oxunjonovni O‘zbekistonga topshirishni rad etib, unga siyosiy boshpana berdi

FXB ommaviy axborot markazida xabariga ko‘ra, 25-noyabr ertalab Rossiya chegarasini buzgan “Berdansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari soat 19:00da Rossiya dengiz hududida navbatdagi noqonuniy harakatlarni amalga oshirdi.

Kemalar Rossiya chegara xizmati va Qora dengiz floti kema va katerlarining darhol to‘xtash haqidagi talablariga javob bermagan va xavfli harakatlarni amalga oshirgan.

“Kemalarni to‘xtatish uchun qurol qo‘llangan. Natijada Rossiyaning Qora dengizdagi suv hududlarida barcha uch kema ushlangan. Ukraina qurolli kuchlarining 3 nafar yaralangan harbiysiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, - deyilgan FXXda. 

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushlangan kemalar Kerch portiga olib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0