Dahshatli fojia va buyuk birlashish: Toshkent zilzilasining 53-yilligi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishUjasnaya tragediya i velikoe obyedinenie: godovshina tashkentskogo zemletraseniya
Ujasnaya tragediya i velikoe obyedinenie: godovshina tashkentskogo zemletraseniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Quturgan tuya ustida yetti oy" — 1966-yil 26-aprelda sodir bo‘lgan mudhish hodisani toshkentliklar aynan shunday nomlaydilar.

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. 1966 yil 26-aprel kuni Markaziy Osiyodagi eng kuchli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bugun butun O‘zbekiston 53-yil oldin sodir bo‘lgan fojiani yodga oladi.

© Sputnik / B. Sbitnev / Mediabankka o‘tishUjasnaya tragediya i velikoe obyedinenie: godovshina tashkentskogo zemletraseniya
Dahshatli fojia va buyuk birlashish: Toshkent zilzilasining 53-yilligi - Sputnik O‘zbekiston
Ujasnaya tragediya i velikoe obyedinenie: godovshina tashkentskogo zemletraseniya

Rixter shkalasi bo‘yicha 5,2 ballni tashkil qilgan yer qimirlashi markazi yer sathiga birmuncha yaqin (3-8 km) joylashganligi tufayli yer ustida 8-9 balli yer qimirlashiga olib keldi. Uning oqibatida Toshkent markazidaga 10 kv kilometr hududga jiddiy zarar yetdi. Shahar chekkalarida esa yer qimirlashi kuchi 6 ballni tashkil qildi. Yer qimirlashi 10-12 sekund davom etdi.

Tabiiy ofat natijasida, 300 mingga yaqin kishi boshpanasiz qoldi. Yuzlab shaharliklar bir necha oy davomida harbiylar palatkalarida yashadi, maktab, bolalar bog‘chalari, kutubxonalar ham xuddi shunday tartibda ish olib bordi. O‘sha kunlarda "titrasak ham, taslim bo‘lmaymiz" ko‘pchilikning shioriga aylangan edi.

© Sputnik / Yu. Ivanov / Mediabankka o‘tishUjasnaya tragediya i velikoe obyedinenie: godovshina tashkentskogo zemletraseniya
Dahshatli fojia va buyuk birlashish: Toshkent zilzilasining 53-yilligi - Sputnik O‘zbekiston
Ujasnaya tragediya i velikoe obyedinenie: godovshina tashkentskogo zemletraseniya

"Quturgan tuya ustida yetti oy" — 1966-yilning bahor-yoz mavsumida sodir bo‘lgan mudhish hodisani toshkentliklar aynan shunday nomlaydilar.

Toshkentliklar o‘sha vaqtda misli ko‘rilmagan mardlik va jasorat ko‘rsatishdi.

Zilzila - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent zilzilasi oqibatlari

Ushbu tabiiy ofat sovet xalqining hamdardlik va do‘stlik ramziga aylandi. Yer qimirlashidan keyin sovet ittifoqining barcha respublikalaridan qurilsh texnikasi, dori-darmon, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan poyezdlar kela boshladi.1966 yilning qish mavsumiga kelib, boshpanasiz qolgan kishilar turar joy bilan ta’minlandi, 3-yil ichida 1 million kvadrat metr turar joylar barpo qilindi, shahar o‘zini to‘liq tiklab olishi uchun esa 10-yil vaqt ketdi.

Toshkent zilzilasi arxitektura va kinematograf olamida abadiy muhrlandi.

1970 yil 20-mayda shahar markazida haykaltarosh Dmitriy Rabichev ishi bo‘lgan “Jasorat” haykali ochildi. Har yili u yerda gullar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Yangiliklar lentasi
0