Toshkent zilzilasi oqibatlari

Obuna bo‘lish
Yarim asr muqaddam O‘zbekistonda Toshkent shahri markazini yakson qilgan zilzila sodir bo‘lgan edi. Baxtli tasodif tufayligina qurbonlar deyarli bo‘lmadi, ammo poytaxtni deyarli "noldan" qayta tiklashga to‘g‘ri keldi.

"Quturgan tuya ustida yetti oy" — 1966-yilning bahor-yoz mavsumida sodir bo‘lgan mudhish hodisani toshkentliklar aynan shunday nomlaydilar. Sababi, aynan o‘sha vaqtda O‘zbekiston 8 ballgacha kuchga ega bo‘lgan bir necha yuz yer osti silkinishlarini boshdan kechirgan edi.

Toshkent zilzilasi - Sputnik O‘zbekiston
Tursunboy Rashidov: Toshkentni deyarli “noldan” tiklagan edik

Tabiiy ofat natijasida, 300 mingga yaqin kishi boshpanasiz qoldi.

Yuzlab shaharliklar bir necha oy davomida harbiylar palatkalarida yashadi, maktab, bolalar bog‘chalari, kutubxonalar ham xuddi shunday tartibda ish olib bordi. O‘sha kunlarda "titrasak ham, taslim bo‘lmaymiz" ko‘pchilikning shioriga aylangan edi.

O‘zbekistonliklarga butun sobiq Ittifoq respublikalaridan minglab odamlar yordam qo‘lini cho‘zgan edilar. 1966-yilning qish mavsumiga kelib, boshpanasiz qolgan kishilar turar joy bilan ta’minlandi, 3-yil ichida 1 million kvadrat metr turar joylar barpo qilindi, shahar o‘zini to‘liq tiklab olishi uchun esa 10-yil vaqt ketdi.

O‘zbekiston poytaxti hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan zilzila haqida infografikamiz orqali ma’lumot oling.

Yangiliklar lentasi
0