AQShda o‘z egasini o‘ldirib qo‘ygan dunyodagi eng xavfli qush sotuvga qo‘yiladi

Obuna bo‘lish
Bir necha hafta ilgari AQShda o‘z egasini o‘ldirib qo‘ygan kazuar zotli qush auksionda sotiladi.

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Bir necha hafta ilgari AQShda o‘z egasini o‘ldirib qo‘ygan kazuar zotli qush auksionda sotiladi. Bu haqda The New York Times xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, qush egasi Marvin Axosning so‘nggi istagi kazuarni tirik qoldirib, fermasida bo‘lgan boshqa ekzotik hayvonlar: lemur, Ara to‘tiqushlari, Emu tuyaqushi, o‘yinqaroq maymun va yuzlab boshqa hayvonlar bilan birga auksionda sotish bo‘lgan.

Kazuar - Sputnik O‘zbekiston
AQShda dunyoda eng xavfli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi

Dastlabki xabarlarga qaraganda, Gulf Coast Livestock Auction auksioni yakshanba kuni, 28-aprel kuni Meksika ko‘rfazi sohilida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda kazuar zotli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar qilgan edik. Baxtsiz xodisa Florida shtatida sodir bo‘lgan. Kazuar qushi o‘z egasi 75 yoshli Marvin Axosaga hujum qilgan. Yirtqich qush Axosa to‘satdan yiqilganda unga kuchli zarba bergan.

Ma’lumot uchun, kazuar dunyoda eng xavfli qush sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu qushning balandligi ikki metrgacha, og‘irligi esa 60 kiloga yetishi mumkin. Qush tirnog‘ining uzunligi 10 smgacha bo‘lishi mumkin. Kazuar o‘zining baquvvat oyoqlari bilan juda og‘ir zarba berish imkoniga ega.

Yangiliklar lentasi
0