AQShda dunyoda eng xavfli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Kazuar dunyoda eng xavfli qush sifatida Ginness rekordlar Kitobiga kiritilgan.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. AQShda kazuar zotli qush o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti Evening Standart nashriga asosan xabar qildi.

Jaba - Sputnik O‘zbekiston
Florida ko‘chalari zaharli qurbaqalarga to‘lib ketdi – video

Baxtsiz xodisa Florida shtatida sodir bo‘ldi.

Alachua okrugi qutqaruv xizmatida ma’lumotiga ko‘ra,  kazuar qushi o‘z egasi 75 yoshli Marvin Axosaga hujum qildi. Yirtqich qush Axosa to‘satdan yiqilganda unga kuchli zarba berdi.

Yirtqich qush fermaga olib joylashtirildi.

Kazuar dunyoda eng xavfli qush sifatida Ginness rekordlar Kitobiga kiritilgan. Bu qushning balandligi ikki metrgacha bo‘lishi, og‘irligi esa 60 kiloga yetishi mumkin.

Bu uchmaydigan qushlar soatiga 50 km tezlashishi mumkin.

Qush tirnog‘ining uzunligi 10 smgacha bo‘lishi mumkin. Kazuar o‘zining baquvvat oyoqlari bilan juda og‘ir zarba berishi mumkin.

Bundan avval minglab zaharli qurbaqalar Floridaning Palm-Bich-Gardens shahri ko‘chalarini to‘ldirib yuborib, mahalliy aholiga hujum qilgani haqida xabar bergandik. 

Qurbaqalar bog‘lar, hovuzlar, yo‘lovchi yo‘lkalari va hatto turar joy binolarini to‘ldirib yuborishdi. Mutaxassislar shahar aholisini diqqatli bo‘lishga chaqirmoqda. Chunki qurbaqalarning boshi zaharli suyuqlik bilan qoplangan.

Aga zotli qurbaqa Floridaga Markaziy va Janubiy Amerikadan keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0