TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti deputatlari uchinchi o‘qishda sobiq prezidentlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishdi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning qonunchilik majlisining matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
“Qonun uchinchi o‘qishda qabul qilindi, deyarli barcha deputatlar bir ovozdan ma’qullashdi”, - deyiladi xabarda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, 111 kishi “QR sobiq prezidentlarining faoliyati kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritishni yoqlab ovoz berishgan. Ovoz bergan deputatlarning uch nafari qarshi chiqqan.
Hujjatda sobiq davlat rahbari prezidentlik vakolati yakunlanganidan so‘ng yoki lavozimidan chetlashtirilganda ayrim holatlarda jinoiy javobgarlik tortilishi mumkin
Shuningdek, yangi qonunga muvofiq sobiq prezidentlarga siyosiy lavozimlarni egallash taqiqlanadi.
Sud sobiq prezident Atambayevga siyosatchilarga 100 ming somdan to‘lash majburiyatini yukladi
Hujjat imzolanishi uchun davlat rahbariga yuboriladi. Qonun imzolangandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.