Shri-Lankadagi teraktlar orqasida kim turibdi – ekspert fikri

Obuna bo‘lish
Ekspertning fikriga ko‘ra, portlashlarni uyushtirgan terrorchilar katta xalqaro rezonans bo‘lishini ko‘zlashgan.

Shri-Lanka hukumati 23-aprel kuni halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qildi.

Seriya vzrivov na Shri-Lanke - Sputnik O‘zbekiston
Shri-Lankada yana bir portlash sodir bo‘ldi

Rossiya strategik tadqiqot Osiyo sektori rahbari Boris Volxonskiy fikriga ko‘ra, portlashlarni uyushtirgan terrorchilar katta xalqaro rezonans bo‘lishini ko‘zlashgan.

Volxonskiy fikriga ko‘ra, portlashlar sodir bo‘lgan vaqt va obyektlar tasodifan tanlangani yo‘q. Bularning barchasi buning ortidan xalqaro tuzilma turishini ko‘rsatmoqda.

“Ko‘rinishidan, barcha iplar "Islom davlati"ga olib bormoqda. Xalqaro terrorizm tarmoq tamoyiliga asoslanganligi sababli, u qat’iy tashkiliy tuzilmaga ega emas. Shunday qilib, har bir mamlakatda qandaydir yacheykalar mavjud bo‘lib, ular o‘z tashkilotini tuzib, xalqaro terrorchilik harakatiga qo‘shiladilar”, - deb ta’kidladi Boris Volxonskiy.

Shri-Lankada katolik Pasxa bayrami vaqtida sodir etilgan 8 ta portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafarga yetdi, yana 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.

Hozirda terakt uyushtirganlikda gumonlanib, 24 kishi qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, shu bugun ham Shri-Lankaning Kolombo shahrida yana portlash sodir bo‘ldi.

Saporlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

To‘liq izohni quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Volxonskiy o teraktax v Shri-Lanke: predvidet takuyu situatsiyu bilo slojno
Yangiliklar lentasi
0