O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari may oyi oxirida Moskvada uchrashadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim
 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari may oyi oxirida Moskvada uchrashadi, prezidentlar uchrashuvi esa dekabrda bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari may oyi oxirida Moskvada uchrashadi, ikki davlat davlat rahbarlari esa yil oxirida uchrashadi, dedi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiya majlisida, RIA Novosti xabariga asosan.

“Bosh vazirlar uchrashuvi may oyi oxirida rejalashtirilgan – bu juda muhim voqea. Yil oxirida esa O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilmoqda”, - dedi Oreshkin.

Vazir aytishiga qaraganda, Rossiyada hukumatlararo uchrashuvlar faqat bir necha mamlakatlar bilan yo‘lga qo‘yilgan. Ulardan biri – O‘zbekiston. May oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida yo‘l xaritasini tuzish hamda Rossiya va O‘zbekiston bojxona protokolini imzolash rejalashtirilgan.

Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov 7-sentabrda Rossiya bosh vaziri bilan uchrashadi

O‘zbekiston va Rossiya orasida savdo munosabatlari ayrim YeOII davlatlaridan ko‘ra ildamroq rivojlanmoqda. “Bugungi kunda erishilgan 14,5 milliard yillik savdo aylanmasi – bu boshlanishi xolos”, - dedi Oreshkin.

O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev ham, o‘z navbtida, bosh vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik iladm qadamlar bilan olib borilayotganini qayd etdi. Xususan, Rossiya bilan raqamli transport tizimi yaratish, ta’lim sohasida hamkorlik qilish, budjet va soliq siyosati hamda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtrilayotganini aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0