TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 7-sentabr kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Uchrashuvda tomonlar energetika, sanoat, qishloq xo‘jalik va ta’lim sohalaridagi masalalarni muhokama qilish rejalashtirmoqda.
Shundan so‘ng, Medvedev va Aripov raisligida iqtisodiy hamkorlik bo‘iycha Hukumatlararo komissiyai 19-chi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yakunida bir nechta hujjat imzolanadi.
Shanba kuni Rossiya bosh vaziri Aripovni respublikaning Mustaqillik kuni bilan tabriklagandi.
U kelajakda investitsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat va infratuzilma sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishiga umid bildirdi.
Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari ishonchli strategik hamkorlik xususiyatiga ega bo‘ldi.