“Islom davlati” dunyoni qo‘rqitish maqsadida yaratilgan loyihadir – Erdo‘g‘on

© Sputnik / Mixail KlimentyevPrezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘on so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tufayli IDning tormor etilishiga erishildi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Turkiya yetakchisi Toyib Erdo‘g‘on “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi dunyoni qo‘rqitish maqsadida yaratilgan loyiha ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Turkiya, Fransiya va Germaniya Suriyada tinchlikni saqlab qolishga kelishib olishdi

“Faqat Turkiyani maydonga kelishi bilan “Islom davlati” – dunyoni qo‘rqitish maqsadida yaratilgan loyiha ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biz bu uyushmani vayron qildik, o‘zini “ID” raqiblari deb aytganlar esa u bilan umuman hech qanday kurash olib borishmagan. Suriyada “ID” yo‘q, faqat kichik jinoiy guruhlar bor, ular “ID” niqobi ostida yashirinadi. Agar bir birlashsak, yaqin oylarda bu qoldiqlarni yo‘q qila olamiz”, - dedi Erdo‘g‘on partamentda yetakchi bo‘lgan adolat va rivojlanish partiyasi oldida nutq so‘zlagan chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning IDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlagan Suriya kurdlari  mudofaa kuchlarining yagona maqsadi – bu Turkiya.

Suriyada jangovar mojaro 2011-yildan davom etib kelmoqda. 2017-yil yakunida ID ustidan g‘alaba qozonilganligi e’lon qilingan. Suriyaning alohida tumanlarida jangarilaridan tozalash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda birinchi navbatga vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilish, Suriyani tiklash, qochoqlarni qaytarish masalasi chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0