TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Ayni damda bankrotlik va yopilish jarayonida bo‘lgan “Uzdeuavto-Voronej” YoAJ distributorlik kompaniyasi ustidan Voronej Aribitraj sudiga ariza kelib tushdi, deb xabar qilmoqda “Kommersant” nashri.
Ushbu ariza “Uzdeuavto-Voronej” YoAJning sobiq rahbariyati - Yuriy Kan, Xasanbek Muzaffarov va Igor Davidovlar va ularni nazorat qilgan boshqa shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish haqida bo‘lib, u “Finansoviy konsultant №1” MChJ tomonidan berilgan.
Arizaga ko‘ra, qarzlar uchun javobgarlikka kompaniyaning O‘zbekistondag bosh tuzilmalari “Djeneral Motors Uzbekistan”, “O‘zavtosanoat” AJ va “AVTOSANOAT INVEST” MChJlarni ham jalb qilinishi mumkin. Moliyaviy javobgarlikning aniq miqdori hozircha beligilanmagan.
“Kommersant” xabar qilishiga ko‘ra, bankrot deb e’lon qilingan kompaniya ustidan kuzatuv 2017-yilning aprel oyida o‘rnatilgan. Kompaniya kreditorlari umumiy hisobda 18 milliard rubl talab qilmoqda.
Mart oyining boshida, Voronej arbitraj sudi Tohirjon Jalilovni mavjud bo‘lgan 854 million rubl qarzlari uchun bankrot deb e’lon qilgan edi.