GM Uzbekistan Belarusga avtomobil eksportini boshladi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining ilk partiyasini Belarusga eksport qilish uchun yukladi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. GM Uzbekistan avtomobillarini Belarusga eksport qilish boshlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Sklad zapasnix chastey na zavode - Sputnik O‘zbekiston
GM Korea O‘zbekistonda ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ochadi

“Bugun, 3-aprel kuni GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining ilk partiyasini Belarusga eksport qilish uchun yukladi. Belarusga tayyor holda Nexia R3 va R4 modelidagi avtomobillar eksporti amalga oshiriladi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya Nexia R3 avtomobillarini Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga yirik uzelli yig‘ish uchun hamda “Ravon Motors Qozog‘iston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holda eksport qilgani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, 2019-yil davomida GM Uzbekistan Afg‘oniston va Tojikiston respublikalariga ham avtomobillar eksportini amalga oshirmoqda. GM Uzbekistan 2019-yilni eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0