O‘zbekistonda qidiruvga berilgan xavfli jinoyatchilar Rossiyada qo‘lga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil boshidan beri tergov va suddan qochib yurgan 9 kishi Rossiyadan Toshkentga yuborildi.

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Joriy yil boshidan beri tergov va suddan qochib yurgan 9 kishi Rossiyadan Toshkentga yuborildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda xavfli jinoyatchi qidirilmoqda

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB so‘roviga binoan 17-mart kuni Moskvada jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan 3 nafar jinoyatchi qo‘lga olingan. Hibsga olinganlardan 27 yoshli Andrey Sh. O‘zbekistonda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgani uchun, 27 yoshli namanganlik Abdumutalibxon X. ham firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgani uchun, 32 yoshli Grigoriy S. giyohvandlik vositalari, ularning  yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvga berilgan.

Bundan tashqari, 24-mart kuni Rossiyaning Novosibirsk shahrida mahalliy politsiya xodimlari Toshkent IIBB so‘rovi bilan 39 yoshli Lutfullo R. qo‘lga olishgan. U firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvga berilgan.

Barcha qo‘lga olinganlar qonun oldida javob berishlari uchun O‘zbekistonga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0