TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Shri-Lankada yangi portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, portlash Shri-Lankaning Kolombo shahrida sodir bo‘lgan. Saporlar kecha terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirishga urinishayotgan vaqtda yuk mashinasi portlab ketgan.
Shri-Lankada yakshanba kuni Pasxa bayrami marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlaridagi uchta cherkov va uchta mehmonxonaga hujum qilingan. Yettinchi portlash orolning g‘arbidagi Dexivala shahrida, sakkizinchisi esa Dematagoda tumanida sodir bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orolning eng yirik xalqaro aeroporti Bandaranaike yaqinida amalga oshirilishi mumkin portlovchi moslamani yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishgan.
Hujumning asosiy maqsadi mahalliy nasroniylar bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shri-Lankada katolik Pasxa bayrami vaqtida sodir etilgan 8 ta portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafarga yetdi, yana 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Hozirda terakt uyushtirganlikda gumonlanib, 24 kishi qo‘lga olingan.
Shri-Lanki prezidenti Maytripala Sirisena mazkur holatni o‘rganuvchi maxsus qo‘mita tashkil qilishni buyurdi.