Shri-Lankadagi terakt qurbonlari soni 290 nafarga yetdi

© REUTERS / Dinuka LiyanawatteShri-lankiyskie voyennie vozle mesta vzriva v Kolombo, Shri-Lanka
Shri-lankiyskie voyennie vozle mesta vzriva v Kolombo, Shri-Lanka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shri-Lankada yakshanba kuni katolik Pasxa bayrami marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlaridagi uchta cherkov va uchta mehmonxonaga hujum qilingan.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Shri-Lankada katolik Pasxa bayrami vaqtida sodir etilgan 8 ta portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafarga yetdi, yana 500 nafarga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda News 1st telekanali mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib xabar qilmoqda.

Seriya vzrivov na Shri-Lanke - Sputnik O‘zbekiston
Bugun Shri-Lankada teraktlarda 160 kishi qurbon bo‘ldi

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, halok bo‘lgan orasida Daniya, Yaponiya, Pokiston, Marokko, Hindiston, Bangladesh, Xitoy, AQSh, Turkiya va Buyuk Britaniya fuqarolari bor. Rossiya elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu portlashlar oqibatida rossiyaliklar halok bo‘lmagan.

Shri-Lankada yakshanba kuni Pasxa bayrami marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlaridagi uchta cherkov va uchta mehmonxonaga hujum qilingan. Yettinchi portlash orolning g‘arbidagi Dexivala shahrida, sakkizinchisi esa Dematagoda tumanida sodir bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orolning eng yirik xalqaro aeroporti Bandaranaike yaqinida amalga oshirilishi mumkin portlovchi moslamani yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishgan.

Krovavaya Pasxa na Shri-Lanke - Sputnik O‘zbekiston
Shri-Lankada qonli Pasxa bayrami...

Hujumning asosiy maqsadi mahalliy nasroniylar bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, hozirda terakt uyushtirganlikda gumonlanib, 24 kishi qo‘lga olingan. Shuningdek, hujumchilar foydalanishlari mumkin bo‘lgan yuk mashinasi aniqlangan.

Shri-Lanki prezidenti Maytripala Sirisena mazkur holatni o‘rganuvchi maxsus qo‘mita tashkil qilishni buyurdi.

Shri-Lanka, 1972-yilga qadar rasmiy nomi Seylon bo‘lgan, Hindiston Janubi-sharqida joylashgan ulkan orol. Aholisi 21 mln kishi. Ulardan 70 % - buddistlar, 9,7 % — musulmonlar, 7,45 % — nasroniylar.

Yangiliklar lentasi
0