Qirg‘izistonlik oqsoqol ko‘pqavatli uy hayotini o‘zgartirib yubordi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSubbotnik
Subbotnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n kun ichida u uy atrofidagi barcha axlatlarni yig‘ib, ariqni tozaladi hamda daraxtlarni ohaklab chiqdi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Bishkekda 70 yashar oqsoqol bir o‘zi ko‘pqavatli uy atrofini obodonlashtirib chiqdi, bu haqda post shahar meriyasining Facebookdagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan.

Mitropolit Vikentiy – Mitropolit russkoy pravoslavnoy serkvi Tashkentskoy yeparxii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek xalqi butun dunyoga o‘rnak bo‘lishi mumkin - mitropolit Vikentiy

Bu haqda birinchilardan bo‘lib, erkakning qo‘shnisi Larisa Levitus yozgan.

"Uyimizga juda ajoyib inson yashaydi. Uning ismi Tolon-Tolik, yoshi 70 da, bir yil oldin Norindan ko‘chib kelgan. O‘n kun ichida u bir o‘zi uyimiz atrofidagi barcha axlatni yig‘ishtirdi, ariqni tozaladi, daraxtlarni ohakladi. Bomjlarga yo‘lni butkul yopdi. Endi uyni oldidagi maysazorda bolalar va o‘smirlar o‘ynashadi. Mana shu yillar davomida bu ishni 60ta xonadon egalari qila olmagan. Rag‘bat puli ham so‘ramaydi, faqat arava so‘ragandi, biz olib berdik. Yana ozroq pul to‘plandi. Qo‘shnilarning hammasi ham "oxirgi" yuz somi bilan xayrlashishni istamadi. Bizning Tolon barcha uchun o‘rnak bo‘loladi", — deb yozgan ayol.

Oqsoqolga shahar vitse-meri Rispek Sarpashov minnatdorlik bildirdi. Pensionerga tashakkurnoma, bog‘da ishlatiladigan asboblar va yangi aravacha uchun pul topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0