Toshkentda barcha koreyslar uchun umumiy bo‘lgan do‘stlik uyi ochildi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrit Dom koreyskoy kulturi i iskusstva
V Tashkente otkrit Dom koreyskoy kulturi i iskusstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi koreys diasporasi, shu yerda ishlayotgan koreyaliklar va barcha o‘zbekistonliklar uchun umumiy uy bo‘ladi, deb ta’kidladi O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya prezidenti Mun Chje In

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. 20-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya prezidenti Mun Chje In Toshkent shahrida Koreys madaniyati va san’ati uyini ochib berdi. Tantanali marosimda yetakchilarning rafiqalari ham ishtirok etdi.

"Poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan ushbu muhtasham inshoot qiyofasida zamonaviy arxitektura yutuqlari va an’anaviy koreys madaniyati uyg‘unlashgan. Bu maskan xalqlarimizning mustahkam do‘stligi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuqori bosqichga chiqqanining yorqin tasdig‘idir", - dedi Mirziyoyev.

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaOtkritie Doma koreyskoy kulturi i iskusstva
Toshkentda barcha koreyslar uchun umumiy bo‘lgan do‘stlik uyi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie Doma koreyskoy kulturi i iskusstva

"Bu markaz do‘stlik, ahillik va mushtaraklik maydonidir. O‘ylaymanki, u O‘zbekistondagi koreys diasporasi, shu yerda ishlayotgan koreyaliklar va barcha o‘zbekistonliklar uchun umumiy uy bo‘ladi. Ko‘p jihatdan o‘xshash xalqlarimiz va birodarlashgan davlatlarimizni bog‘lab turadi", - dedi Mun Chje In.

Sahnada koreyslarning O‘zbekistonga ko‘chirib kelinishi, o‘zbek xalqi bilan ahil yashashi haqida badiiy kompozitsiya namoyish etildi. 

Gosudarstvenniy vizit Prezidenta Respubliki Koreya Mun Chje Ina v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Alohida strategik sheriklik: Koreya prezidenti Ko‘ksaroyda nimalar haqida gapirdi

Ma’lumki, 1937-yilda Uzoq Sharqdan o‘n minglab koreyslar mamlakatga ko‘chirilgan. O‘sha paytdagi qiyinchiliklarga qaramay, o‘zbek xalqi ularni ochiq qalb bilan qabul qilgan, ularga boshpana berib, mehr ko‘rsatgan. O‘zining mehnatsevarligi va qat’iy irodasi, xalqlar o‘rtasidagi mentaliteti o‘xshashligi tufayli koreyslar O‘zbekistonda ikkinchi Vatanini topgan. Ular O‘zbekistonning teng huquqli fuqarosiga, jamiyatning faol a’zolariga aylangan. 

Bugungi kunda mamlakatda 180 mingdan ziyod koreys millatiga mansub fuqarolar yashaydi. Ularning uch yuzga yaqini O‘zbekistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan. 

Davlat rahbarlari o‘zbekistonlik koreys rassomlari asarlari ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi. 

Koreys madaniyat va san’at uyi 478 o‘rinli kinokonsert zali, konferensiyalar zali, kutubxona, badiiy galereya, restoran va xizmat xonalarni o‘z ichiga olgan. U jamoatchilik va yoshlar intiladigan, mushtarak madaniyatimizni boyitadigan yana bir maskanga aylanadi. Bu kun alohida strategik sherik davlatlar - O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari tarixida yana bir yorqin sahifa bo‘lib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0