TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi yakunida Koreya prezidenti Mun Chje In nutq so‘zladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Koreya prezidenti o‘z so‘zida birinchi navbatda ikki davlat o‘rtasida madaniy aloqalarni kengaytirish, xususan O‘zbekiston madaniy merosi bo‘lgan Afrosiyob chizmalarini saqlab qolish borasida hamkorlik qilishga kelishib olganligini ta’kidlab o‘tdi.
Ikkinchidan, hamkorlikning aniq va samarali loyihalarni doimiy qidirishni davom etishga kelishib olindi.
"O‘tgan yili mamlakatlar o‘rtasida tashqi savdo aylanuvi maksimal darajaga yetdi. Biz hamkorlikni kengaytirish maqsadida qonunchilik va tizimni yaxshilashga kelishib oldik. Birinchi qadam sifatida investitsion kafolatlar haqida bitimga o‘zgartirishlar kiritdik. Umid qilamanki, ikki davlat kompaniyalariga barqaror faoliyat yuritishi uchun juda foydali bo‘ladi", - deb ta’kidladi Mun Chje In.
Koreya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, erkin savdo bitimini tuzish borasida qo‘shma tadqiqot o‘tkazish, yangi sohalar, xususan zamonaviy axborot texnologiyalar, 5 G, sun’iy aql-idrok, sog‘liqni saqlash sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishildi.
Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasida o‘zbek-koreys hamkorlik markazini ochishga kelishdi.
Koreya prezidenti o‘z nutqida, uchinchi masala sifatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratdi.
"Koreya yarim orolida va Markaziy Osiyoda, umuman Yevroosiyoda tinchlik va farovonlikni ta’minlash borasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik. Janob prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya yarim orolida yadro quroli zaxiralarini qisqartirish va doimiy tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarimizni faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqasida tinchlikni ta’minlash borasida yetakchi rol o‘ynaydi", - deb ta’kidladi Mun Chje In.
Koreya prezidenti Yevroosiyoda tinchlik va farovonlikka erishish maqsadida Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik strategiyasini "Yangi shimoliy siyosat" bilan rivojlantirilishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublika prezident Mun Chje In tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublika o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Bundan tashqari, mazkur tashrif doirasida maktabgacha ta’lim, mehnat va bandlik, adliya, qishloq xo‘jaligi, kapital bozorni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes, o‘simliklar karantini sohalarida, shuningdek, ikki mamlakat savdo va sanoat palatalari qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.