Sputnik Estoniya radioasiga bergan intervyusida, Kireyev, G‘arb "agressiv Rossiya" obrazidan ichki o‘ta shaxsiy nizolarni hal etish va jamiyatni birlashtirish maqsadida foydalanyotganini aytdi.
"Shundoq ko‘z oldimizda paradoksal holat vujudga kelgan: ommaviy teraktlarni sodir etayotgan terrorchilarni G‘arbda ko‘rib ko‘rmaslikka olish holati o‘ta kuchaygan, lekin Rossiya ta’siri to‘g‘risidagi kichik xabar, deylik gap legal maydondagi etnik rus guruhlari - Yevropa mamlakatlari fuqarolarining madaniy yoki qandaydir siyosiy ta’siri haqida borsa ham o‘ta og‘riqli reaksiyani vujudga keltiradi", — dedi Kireyev.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, bunday holat g‘arbiy mamlakatlarning ichki muammolari tufayli yuzaga kelgan.
"Ular birlashishlari zarur. Guvohi bo‘lib turibmizki, Yevropa Ittifoqi har tomonga tarqalib ketmoqda, ichdan qulamoqda. Siyosatchilar yevropa ta’limotini sementlashga majbur, va buning uchun agressiv Rossiya obrazidan foydalanilmoqda", — dedi siyosatshunos.