Putin: Rossiya men ketgandan keyin ham yaxshi tomonga o‘zgarishda davom etadi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tish7 maya 2018. Izbranniy prezident RF Vladimir Putin vo vremya seremonii inauguratsii v Kremle
7 maya 2018. Izbranniy prezident RF Vladimir Putin vo vremya seremonii inauguratsii v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlikdan ketgach mamlakat kelajagi qanday kechishi haqidagi savolga javob berdi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlikdan ketgach mamlakat kelajagi qanday kechishi haqidagi savolga javob berdi.

Prezident RF V. Putin posetil investitsionniy forum VTB Kapital Rossiya zovot! - Sputnik O‘zbekiston
Putin Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa bo‘yicha izoh berdi

"Men sizga shuni aytishim mumkin: Rossiya hozir o‘zini dadil his qilmoqda, lekin u bizning barcha sheriklarimiz bilan hamkorlikka ochiq, shu jumladan, Qo‘shma Shtatlar bilan ham. Umid qilamanki, masalalar va muammolarni birgalikda yechish kerakligi zarurati qachonlardir paydo bo‘ladi, va bu narsa bizni hamkorlikdagi samarali ishlarga undaydi. Rossiya qachon rivojlanishi kerakligi borasida esa boya minbarda turib ham aytib o‘tgan edim, biz qator milliy loyihalarga egamiz, umid qilamanki, ular ozmi-ko‘pmi hayotga tatbiq etiladi, lekin bu keng ko‘lamli, o‘ta katta masala, agar biz uning yechimi bo‘yicha dadil harakat qilsak, u holda mamlakat yaxshi tomonga o‘zgaradi", - dedi Putin "Rossiya chaqirmoqda!" forumida chiqishi vaqtida.

Vladimir Putin u prezidentlikdan ketgach, Rossiya kelajagi qanday kechishi haqidagi savolga shu tarzda javob qaytardi.

Yangiliklar lentasi
0