Janubiy sarhadlarda hamkorlikda o‘tkazilgan jangovar mashg‘ulotlar yakunlandi

© Foto: Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie unichtojili "narushiteley" na granitse s Afganistanom
Uzbekskie voyennie unichtojili narushiteley na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotining yakuniy - asosiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Surxondaryo viloyatida 16-aprelda boshlangan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotining yakuniy - asosiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vistavka ratsionalizatorskix predlojeniy voyennoslujashix - Sputnik O‘zbekiston
Harbiylar Farg‘onada o‘z ixtirolari bilan barchani lol qoldirdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘quv-jangovar mashg‘ulotlar uchta nuqatada - “O‘zbekiston-Turkmaniston-Afg‘oniston”, “O‘zbekiston-Tojikiston-Afg‘oniston” chegaralari tutashgan hududda hamda “Xayraton” ko‘prigida o‘tkazilgan.

“O‘quv-jangovar harakatlar mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari – Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayevning bevosita rahbarligi ostida muvofiqlashtirildi”, - deyiladi xabarda.

Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voysk Minoboroni RUz prodoljayetsya. Podrazdeleniya sdayut kontrolnuyu proverku. - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona vodiysida kuch tuzilmalari yuqori jangovar shaylikka keltirildi

Ta’kidlanishicha, jangovar operatsiyalar ssenariysiga ko‘ra, O‘zbekiston chegarasini shartli noqonuniy qurolli guruhlar tomonidan buzib o‘tish holatini tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hududiy bo‘linmalari ularga qarshilik ko‘rsatish bilan birgalikda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalariga, xususan, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlariga tegishli signal berilgan. Operatsiya rejasiga muvofiq xavfni bartaraf etish uchun qo‘shinlar tezkor jangovar shay holatga keltirilgan.

Mudofaa vazirligi ayollarni harbiy xizmatga taklif qiladi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining kuch va texnika vositalari ishtirokida shartli jangarilar kirib kelgan hudud harbiy texnikalar yordamida o‘rab olindi hamda ular turli qurollardan jangovar o‘t ochish orqali yo‘q qilindi. Maxsus guruhlar Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy vertolot yordamida voqea joyiga yetkazildi va hudud sinchkovlik bilan tekshirildi. Chegara qo‘shinlariga qarashli katerlar orqali quruqlikdagi “dushman”ga zarba berildi, deya ma’lum qilinadi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0