Farg‘ona vodiysida kuch tuzilmalari yuqori jangovar shaylikka keltirildi

© Press-slujba Minoboroni RUzVnezapnaya proverka boyegotovnosti voysk Minoboroni RUz prodoljayetsya. Podrazdeleniya sdayut kontrolnuyu proverku.
Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voysk Minoboroni RUz prodoljayetsya. Podrazdeleniya sdayut kontrolnuyu proverku. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hududida general-mayor Pavel Ergashev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi.

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hududida 9-aprel kuni respublika kuch tuzilmalari yuqori jangovar shaylikka keltirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voysk Minoboroni RUz prodoljayetsya. Podrazdeleniya sdayut kontrolnuyu proverku. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qo‘shinlari jangovar tayyorgarligi tekshiruvi qanday o‘tmoqda

Xabarda aytilishicha, 9-13 aprel kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hududida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlarda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va boshqa bo‘linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi kuch va vositalari, shuningdek, mahalliy hokimiyat hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari jalb qilindi.

Mashg‘ulotlar 9-aprel kuni qo‘shinlar va boshqaruv organlarini yuqori jangovar shaylikka keltirish bilan boshlandi.

Voyska Yugo-zapadnogo osobogo voyennogo okruga Uzbekistana podverglis vnezapnoy proverke boyegotovnosti. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qo‘shinlar jangovar shayligi yana to‘satdan tekshirildi

Hozirda bo‘linmalar jangovar o‘quv vazifalarni bajarish hududiga olib chiqildi.

Mashg‘ulotlar Sharqiy harbiy okrugining barcha poligonlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini majmuaviy tekshirish boshlangan edi.

Mashg‘ulotlar davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari "Muborak" va "Nuriston" umumqo‘shin dala-o‘quv maydonlariga, shuningdek, havo va yer orqali mahalliy notanish hududlarga tashlandi.

Yangiliklar lentasi
0