Koreya prezidenti Toshkentda: oliy martabali mehmonni kim kutib oldi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18-aprelya pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom
Prezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18-aprelya pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. O‘zbekiston  prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi”, - deyiladi xabarda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18-aprelya pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom
Koreya prezidenti Toshkentda: oliy martabali mehmonni kim kutib oldi? - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18-aprelya pribil v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom

Xabarda yozilishicha, bugun Koreya Respublikasi prezidenti O‘zbekiston Bosh vaziri hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, mamlakatlar hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishadi.

O‘zbek va koreys xalqlari azaldan yaqin va o‘xshash - Koreya prezidenti

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining muzokaralari 19-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qayd etilishicha, imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0