Fransiyada Abu Ali ibn Sino haykali o‘rnatildi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishAbu Ali Ibn Sino - Avitsenna
Abu Ali Ibn Sino - Avitsenna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anjumanda Buxoroning musiqa va raqs san’ati noyob namunalari namoyish etildi.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Joriy yilning 17-aprel kuni Fransiyaning Ruey-Malmezon shahridagi “Do‘stlik” parkida o‘zbek bog‘i va buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino sharafiga yodgorlik haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoroda Abu Ali ibn Sino merosi majmuasi barpo etiladi

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Fransiyaga tashrif jarayonida delegatsiya a’zolari Ruey-Malmezon va Buxoro shaharlari o‘rtasida 20-yildan buyon davom etib kelayotgan birodarlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘nalishlari haqida muzokaralar o‘tkazishgan.

Anjumanda Buxoroning musiqa va raqs san’ati noyob namunalari namoyish etildi va unda 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Shaharda delegatsiya a’zolari uchun biznes Forum ham tashkil etildi.

Shuningdek, Fransiyada energetika, vinochilik, savdo va turizm yo‘nalishida yetakchi kompaniyalarning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. 

Yangiliklar lentasi
0