Buxoroda Abu Ali ibn Sino merosi majmuasi barpo etiladi

Obuna bo‘lish
Mazkur Majmua mahalliy va xorijiy investorlar mablag‘larini jalb etilgan holda 2019-yilning avgust oyiga qadar ishga tushiriladi

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston Hukumatining 2018-yil 3-maydagi farmoyishiga muvofiq, Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi Afshona qishlog‘ida xalq tabobati markazi, ekobog‘ (qishki bog‘), hovuz, milliy choyxona, tabiiy giyohlar, dorivorlar, alloma ijodi va tabobatga oid adabiyotlar savdo shoxobchasi, kutubxona hamda zamonaviy mehmonxonani o‘z ichiga olgan Abu Ali ibn Sino merosi majmuasi barpo etiladi.

Venadagi BMT binosi qarshisida fors olimlari haykallari o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
BMT binosi ro‘parasida Sharq allomalariga haykal o‘rnatildi
Mazkur Majmua mahalliy va xorijiy investorlar mablag‘larini jalb etilgan holda 2019-yilning avgust oyiga qadar ishga tushiriladi, deb xabar qiladi Telegrammdagi "Huquqiy axborot" kanali.

Buxoro aeroporti va temir yo‘l vokzalidan Afshona qishlog‘iga xavfsizlikni ta’minlagan holda turistik avtobus, mikroavtobus va taksi xizmatlari tashkil etiladi.

Farmoyishda shuningdek, Abu Ali ibn Sino dovrug‘ini jahon miqyosida yanada keng targ‘ib qilish bo‘yicha muntazam ravishda xorijiy mamlakatlar, ayniqsa buyuk olim haykali o‘rnatilgan Fransiya, Avstriya, Belgiya, Turkiya, Eron va Tojikiston davlatlari delegatsiyalarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish ham nazarda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0