TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Toshkent viloyatida 8 yoshli o‘quvchi qizning ziragini yechib olib ketgan ayol qo‘lga olindi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, ayol Nazarbek qo‘rg‘oni hududida 8 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizchaning qulog‘idagi ziraklarini yechib olib ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida talonchi ayol ushlangan, deyiladi xabarda
Jinoyatchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.