Shahrisabzda jigarbandini 10 mln so‘mga sotgan ona qonun oldida javob beradi

© Sputnik / Lesya Polyakova / Mediabankka o‘tishNovorojdenniy malchik
Novorojdenniy malchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 10 kunlik chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotgan ona qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada 5 kunlik chaqaloqni 500 dollarga sotayotgan hamshiralar qo‘lga olindi

Tadbir natijasida  Shahrisabz shahar, “Ipak-yo‘li” M.F.Y.da yashovchi fuqaro 2019-yil 8-aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandi boshqa fuqaroga 10 mln so‘mga sotib, o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi fuqaroning yangi tug‘ilgan qiz farzandini go‘yoki o‘ldi deb xabar berib, bu haqda hech qanday ma’lumot qayd etmagan. U chaqaloqni 100 dollar evaziga boshqa fuqaro dunyoga keltirgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0