AQSh kongressi Rossiyaga qarshi “do‘zaxiy sanksiyalar” kiritishdan charchab qoldi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishFragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone
Fragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kongress Rossiyaga qarshi “do‘zaxiy sanksiyalar” kiritishdan charchab qoldi, dedi senator Marko Rubio.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Biroz oldin Qrim va Ukraina uchun Rossiyaga qarshi har kun yangi sanksiyalar qabul qilishga tayyor ko‘ringan amerika senatorlari bugun charchab qolganga o‘xshaydi, deb yozadi Bloomberg agentligi, RIA Novosti xabariga asosan.

“AQSh Kongressi senatorlari Rossiyaga qarshi “Do‘zaxiy sanksiyalar” kiritishdan biroz charchab qolganga o‘xshaydi”, - dedi Rossiyaga qarshi eng qattiqqo‘l sanksiyalar kiritish tarafdori bo‘lgan floridalik senator Marko Rubio.

AQShda Rossiyaga qarshi saksiyalar odatda ikki yo‘nalishda: Rossiya xususiy shaxslariga qarshi qaratilgan va Rossiya kompaniyalariga qarshi qaratilgan sanksiyalardan iborat edi.

Fragment Kapitoliya Vashingtona - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqida qonun tayyorladi

Senatorlar sanksiya kiritishdan “charchab qolganiga” sabab nima bo‘lishi mumkin?

Charchash sababi, albatta Marko Rubioning senator sifatida ta’siri kamaygani yoki respublikachilar va demokratlar orasidagi tafovut tufayli emas.

Asl sabab – shu vaqtgacha kiritilgan “do‘zaxiy sanksiyalardan” hech qanday naf bo‘lmayotganida va sanksiyalar oqibati ko‘proq amerika kompaniyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganida.

Ustiga ustak, o‘tgan haftada Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashgani haqida tekshiruvlar olib borgan prokuror Muller ham o‘z tekishiruvni yakunlaganini va hech qanday dalil isbot topa olmaganini e’lon qildi.

Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
AQSh senatorlari Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar kiritishni talab qilmoqda

Amerika senatorlaridan biri Ron Jonson Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ikki tomoni ham o‘tkirlangan qilichga o‘xshatgan va sal ehtiyotsizlik qilinsa u o‘z tanasini ham kesib yuborishi mumkin degan edi.

Rossiyalik tahlilchilar esa, AQSh sanksiyalarini, uchini bilmay bosib olsa dastagi kelib o‘z boshiga uradigan, xaskashga (grabli) o‘xshatishdi.  

Shu o‘rinda, Rossiyaning “Rusal” kompaniyasiga qarshi kiritilgan sanksiyalar AQSh kompaniyalariga ko‘proq zarar keltirganini yoki Rossiya bozorida bir necha yil davomida o‘z o‘rnini topgan AQSh avtomobil kompaniyalari hozir uni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘layotganini esga olsak, AQSh sanksilari rostdan ham xaskashni eslatadi.

Qiziq, senatorlar uni yana necha marta bosib olishga tayyor, yoki ular rostdan ham charchashdimikan...

Yangiliklar lentasi
0