Moskva aeroportida pul solingan konvertni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi

CC BY 2.0 / Chris Potter / The Pay OffAmerikanskaya valyuta v konverte
Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sheremetyevo aeroporti transport politsiyasi yirik miqdorda pulni o‘g‘irlash holatini fosh qildi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Moskva Sheremetyevo aeroportida 3600 dollarni o‘zlashtirib yuborgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

Novorojdenniy malchik - Sputnik O‘zbekiston
Shahrisabzda jigarbandini 10 mln so‘mga sotgan ona qonun oldida javob beradi

Rossiya IIV matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi fuqaro Sheremetyevo aeroporti IIV boshqarmasining navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, uning qizi “Seul-Moskva-Sankt-Peterburg” tranzit reysi bilan uchib kelgan paytda, ehtimol “D” terminalida nazoratdan o‘tayotganda 3600 dollar solingan konvertni yo‘qotib qo‘yganini ma’lum qildi.  

Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan video-kuzatuv kameralari o‘rganib chiqib, o‘g‘irlikni sodir etishda gumonlangan shaxsni aniqlashdi.

Gumonlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi ekanligi va Sheremetyevo aeroportida farrosh bo‘lib ishlashi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu shaxs yo‘lovchi tomonidan tasodifan tushirib yuborilgan konvertni topib olib, uni o‘zlashtirib yuboradi.

Gumonlanuvchi O‘zbekistonga ketayotgan vaqtda Vnukovo aeroportida qo‘lga olindi. Uning yonidan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan pullarning bir qismi topildi, qolgan qismi esa u bilan birga yashagan qarindoshidan olindi.

Sheremetyevo aeroporti tergov bo‘limi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi.

Tergov ishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0