Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolandi

© Mintruda Respubliki UzbekistanPrivlechenie uchiteley i uchenikov shkoli nomer sem Izbaskanskogo rayona Andijanskoy oblasti k prinuditelnomu trudu
Privlechenie uchiteley i uchenikov shkoli nomer sem Izbaskanskogo rayona Andijanskoy oblasti k prinuditelnomu trudu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Izboskan tumanidagi 7-sonli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganligi aniqlangan.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Andijon viloyatida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Paxta mavsumi: majburiy mehnatga undash bo‘yicha 410ta murojaat kelib tushdi

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 7-sonli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshirilgan.

Maktab direktori A.U. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0