Paxta mavsumi: majburiy mehnatga undash bo‘yicha 410ta murojaat kelib tushdi

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADASbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Afsuski, joylarda holatni o‘rganish paytida murojaatchilar turli sabablar ta’sirida o‘z shikoyatlarini qaytarib olayotgani kuzatilmoqda. Paxta terimiga majburiy jalb qilish bo‘yicha tasdiqlanmagan holatlar yuzasidan qayta tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda", - deyiladi xabarda

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Joriy yil 28-sentabr kuni O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining paxta terimiga majburiy jalb qilish holati bo‘yicha rasmiy ma’lumoti e’lon qilindi.

Sborshitsa xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
Paxta mavsumida majburiy mehnatga jalb qilinganlar vazirlikka murojaat qilishi mumkin

Vazirlikning "ishonch telefoniga" 10-27 sentabr oralig‘ida paxta terimiga majburiy jalb qilish holati yuzasidan jami 410 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 228 tasi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ko‘rib chiqildi, 26 tasida qonunbuzarlik holati tasdiqlangan, 202 ta murojaatda paxta terimiga majburiy jalb qilish holati tasdiqlanmagan.

"Afsuski, joylarda holatni o‘rganish paytida murojaatchilar turli sabablar ta’sirida o‘z shikoyatlarini qaytarib olayotgani kuzatilmoqda. Paxta terimiga majburiy jalb qilish bo‘yicha tasdiqlanmagan holatlar yuzasidan qayta tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda", - deyiladi xabarda.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, 10-sentabrdan buyon 26 ta holat bo‘yicha mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Paxta uchun pul va "soliq" yig‘imi haqida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekistonda paxta terimi uchun hech qanday pul yig‘imlari va qo‘shimcha soliqlar nazarda tutilmaganligini eslatib o‘tgan.

Urojay xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil 1kg terilgan paxta uchun necha pul to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

"Aksincha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Bosh prokuratura huzuridagi Multimediya markazi hamkorligida paxta terimchilari uchun yaratilgan iqtisodiy manfaatdorlikni yoritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Respublikadagi mehnat resurslari yetishmaydigan beshta hududda o‘tkaziladigan paxta terimi targ‘ibotiga bag‘ishlangan videolavha @terimuz telegram kanalida joylashtirilgach, bir kunning o‘zida 1.6 mln.dan ortiq odamlar tomonidan ko‘rildi. Paxta terimida qatnashish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar +998712000602, @terimuzbot telegram boti, shuningdek, www.terim.uz saytida ma’lumot qoldirishlari mumkin", - deyiladi vazirlik xabarida. 

Ko‘ngilli otradlar haqida

O‘zbekiston hukumat tomonidan aholini ixtiyoriy paxta terimiga rag‘batlantirish bo‘yicha turli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri ko‘ngillilar orasidan otradlar tuzish hisoblanadi. Mazkur otrad rahbarlariga paxta mavsumi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari fondi hisobidan otrad tomonidan terilgan 80 tonna paxta uchun 1 mln. so‘m miqdorida mukofot puli berish belgilangan. Paxta terimi yuqori ko‘rsatkichda amalga oshirilgan taqdirda mukofot puli oyiga 2 mln. dan ko‘proqqa yetishi mumkin.

Uborka xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

O‘zbekistonda bu yil paxta terimida ishlab topilgan mablag‘larga hech qanday soliq solinmaydi, deya eslatgan vazirlik.

Ta’kidlanishicha, mehnat vazirlgik mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi "Mehnatga ma’muriy tarzda majburlov" bo‘yicha jarima miqdorini sezilarli darajada, ya’ni birinchi qonunbuzarlik holatida eng kam oylik ish haqining 25-50 barobari va takroriy holatda eng kam oylik ish haqining 50-100 barobari miqdorida oshirishga qaratilgan  hujjat ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0