O‘zbekistonda jinlar bilan gaplashtirib davolaydigan "tabib" qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSvatochnie gadaniya
Svatochnie gadaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soxta tabib bemorni bir kun muddatga jinlar bilan gaplashtirishni aytib, "chilla"ga kiritadi. Ammo har qancha kutmasin kasalning ko‘ziga jinlar ko‘rinmaydi

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Farg‘onada kasallarni jinlar bilan gaplashtirib davolashni yo‘lga qo‘ygan firibgar Murodjon Qambarov qo‘lga olindi. "Eskicha" o‘qib, duolar bilan davolash uchun soxta tabib fuqarodan 25 million so‘m olib o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan, deb xabar qildi O‘zA nashri.

Toshkentda soxta mayor qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, bemor S. Yusupov holsizlanib, ko‘p kasal bo‘lavergani bois tanishi tavsiyasi bilan Uchko‘prik tumani Sariqo‘rg‘on qishlog‘ida bemorlarni duolar bilan davolaydigan Qambarov huzuriga najot izlab borgan. "Davolash salohiyati"ga ega tabib esa vaziyatdan foydalanib, bemorni aldash yo‘liga o‘tgan. Yusupovning ishonchiga kirib, duo o‘qib davolashini, ko‘ziga chol va momolar, jinlar ko‘rinishini, jinlar bilan gaplashtirishini aytib aldab, bu "ish" uchun 50 million so‘m so‘ragan.

Bemor buncha puli yo‘qligini aytib, "pul topsangiz keyin keling" deya javobni eshitgach, tavakkal qilibmi yoki soxta tabibning kirdikorlariga uchib, jinlar bilan gaplashib shifo topish maqsadida 25 million so‘m pulni olib keladi va davolanishni boshlaydi.

"Tabib" bir kun muddatga jinlar bilan gaplashtirishni aytib, Yusupovni "chilla"ga soladi. Ammo bemor harchand kutmasin ko‘ziga jinlar ko‘rinmaydi. Vaqt o‘tsa hamki, soxta tabibning duolari ta’sir qilmaydi, kasallikdan tuzalmaydi. 

Shundan so‘ng, u ichki ishlar bo‘limiga murojaat qildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudining “Sariqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inidan bo‘lib o‘tgan ochiq sayyor sud majlisida M. Qambarovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchiga jazo tayinlashda aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, 2-guruh nogironi ekani, muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni to‘liq qoplangani kabilar inobatga olindi. "Tabib" O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 57-modda qo‘llanib, eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0