Toshkentda soxta mayor qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Hech qayerda ishlamaydigan Fayzullo Hidoyatov xizmat guvohnomasini qalbakilashtirilib, undan foydalanib yurgan

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari qalbaki guvohnomadan foydalanib o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib yurgan shaxsni qo‘lga olishdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Soxta tabiblik ortidan 500 ming dollarga yaqin pul ishlagan traktorchi qamaldi

Xabarda bildirilishicha, 23-may kuni kechki vaqtda Mirzo Ulug‘bek tumani hududida harakatlanib ketayotgan "Matiz" rusumli avtomashina to‘xtatiladi. Hujjat tekshirish davomida mazkur avtomashina haydovchisi o‘zini "mayor unvonidagi ichki ishlar idoralari xodimi" deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan.

Olib borilgan surishtiruv jarayonida mazkur shaxs hech qayerda ishlamaydigan Fayzullo Hidoyatov ekanligi va u tomonidan xizmat guvohnomasi qalbakilashtirilib, undan foydalanib yurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanligini bila turib undan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0