Toshkentda direktor qarindoshi o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklagani haqidagi xabarga izoh berildi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Mediabankka o‘tishPrepodavatel v auditorii shkoli
Prepodavatel v auditorii shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘quvchi onasining arizasiga ko‘ra boshqa sinfga o‘tkazilgan.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ayrim internet nashrlarida e’lon qilingan Toshkentda direktorning qarindoshi o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklagani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi.

Prazdnik v russkoy shkole Fergani - Sputnik O‘zbekiston
Ota-onalarni xorijga ishlash uchun chiqishlarini cheklash haqida taklifi bo‘yicha XTV izoh berdi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 19-martida Uchtepa tumanidagi 245-umumta’lim maktabida o‘quvchini sinf rahbari doskaga chaqirgan. O‘quvchini javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qo‘liga urgan. Shu kuni o‘quvchining onasi maktabning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga farzandi bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.

"Maktabning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sinf rahbari va o‘quvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida o‘quvchining onasi ushbu holat yuzasidan e’tiroz bildirmasligini ma’lum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, o‘quvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida sodir bo‘lgan voqea keng muhokamaga sabab bo‘ladi.

XTV sodir bo‘lgan holat maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasida 2019-yilning 1-aprel kuni o‘tkazilgan ishlab chiqarish yig‘ilishida muhokama etilgani, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingani, o‘quvchi esa onasining arizasiga ko‘ra boshqa sinfga o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0