Ota-onalarni xorijga ishlash uchun chiqishlarini cheklash haqida taklifi bo‘yicha XTV izoh berdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish bo‘yicha taklif kiritilgan.

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. Ota-onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish taklifi bo‘yicha XTV izoh berdi.

Xabarda yozilishicha, “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘zlarini qiziqtirgan va tashvishga solgan masalalari bilan murojaat etishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan sammitda ishtirokchilar tomonidan turli mavzularga oid takliflar berildi.

O‘zbekistonda voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning xorijga chiqishini cheklash taklif qilindi

Tadbir ishtirokchisi voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish bo‘yicha taklif bergan.

Bu taklif qizlarning atrofdagi voqealarni o‘rganishlari asosida berilgan. Ya’ni, ota-onalari xorijga ishga ketgan ayrim yoshlar turli nojo‘ya ishlarga, jumladan, jinoyatchilikka ham aralashib qolmoqda.

“Mazkur taklif hech kim tomonidan ataylab uyushtirilmagan. Taklif bergan qizlarning voyaga yetmaganligini hisobga olib, sammit davomida mutaxassislar tomonidan qonun birinchi navbatda inson manfaatlariga zid bo‘lmasligi va bu mazmundagi normativ hujjatlar fuqarolarning erkinligini cheklashiga olib kelishi haqida batafsil tushuncha berildi”, - deyiladi xabarda.

Joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostidagi “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammitida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ota-onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish haqida taklif kiritishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0