TOShKENT, 16 apr - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlari qisman o‘zgartiriladi, deb xabar berildi "Yuksalish" Umummilliy harakatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Xabarga ko‘ra, natijada, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan O‘zgarish qishlog‘i Toshkent shahri Sergeli tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
O‘tkazilgan hududda 4 ta MFY (Pastdarxon, Yuqoridarxon, Chorbog‘, Bog‘zor) mavjud bo‘lib, jami 428 gektar, shundan, qishloq xo‘jaligi yerlari 111,1 gektar, aholi xonadon osti yerlari 102,8 gektar, qurilishlar, ko‘chalar, saroylar va maydonlar bilan band yerlar 134,8 gektar xamda suvosti, yo‘l osti va boshqa yerlar 78,5 gektarni tashkil etadi.
Aholi soni 5824 nafar. Jami xonadonlar soni 893 ta.