TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Toshkent shahar IIBB yaqin vaqtlarda “Chorsu” bozori, shuningdek boshqa bozorlar va bekatlarni noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomashinalardan bo‘shatadi. Bu haqda Podrobno.uz boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonovga asosan xabar qildi.
Bu vazifa bilan yangi avtomatlashtirilgan AutoCon-SC/M majmualari shug‘ullanadi.
“Bizda muammoli obyektlar ro‘yxati tuzilgan. Avtomatlashtirilgan majmualar uchun barcha “to‘xtash taqiqlanadi” belgilari geolokatsiyasi bilan xaritalar belgilangan. Ular bo‘yicha ishlaydi. Biroq biz bozorlarga, ayniqsa “Chorsu” bozori va shahar markazidagi bekatlarga e’tibor qaratamiz”, - deb ta’kidladi Umarxonov.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent IIBB YHXB AutoCon-SC/M tizimlari bilan jihozlandi. Bu tizim yordmida to‘xtab turish qoidalarini buzilishi avtomatik tarzda qayd etiladi.
Mashinaning old oynasida mahkamlangan videokamera 58 ta davlatning raqam belgilarini aniqlaydi va yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini avtomatik ravishda qayd etadi.
Haydovchilar tomonidan "To‘xtash ta’qiqlanadi" belgisini inkor qilish maxsus avtomobilning shahar bo‘ylab harakatlanishi davomida qayd qilib boriladi.
Qoidabuzar to‘g‘risida ma’lumotlar onlayn-tarzda YHXB kompyuter boshqaruv tizimiga kelib tushadi.