Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazining yetakchi eksperti Andrey Serenkoning so‘zlariga ko‘ra, teraktlar xavfi sobiq ittifoqning har qanday davlatida, xususan Rossiya, Tojikiston, O‘zbekistonda ham mavjud.
“IShID tarafdorlari bugungi kunda mamlakatlarimiz ichida - Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonda yashamoqda: teraktni amalga oshirish uchun Afg‘onistondan kelishga hojat yo‘q. Bugun Afg‘oniston hududidan Markaziy Osiyo xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid haqida gapirish uchun hech qanday asos yo‘q”, - dedi Serenko Sputnik Tojikiston efiri chog‘ida.
Siyosatchining to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.
Serenko: afganskaya ugroza davno stala biznesom dlya postsovetskix respublik