TOShKENT, 16 apr - Sputnik. AQSh Ukraina prezidenti saylovlariga faol ta’sir ko‘rsatib kelmoqda, dedi Federatsiya Kengashining konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas. Amerikashunos Mixail Sinelnikov-Orishak Sputnik radiosi efirida bu qay tartibda ro‘y berishi haqida fikr bildirdi.
AQSh Ukrainadagi prezident saylovlariga faol ta’sir ko‘rsatib, ovoz berish jarayonini tashkillashtirishda ishtirok etayotgan ukraina NNTlariga homiylik tarzida hamda Vashingtonga "kerakli" natijalar uchun ulkan moliyaviy mablag‘larni yo‘naltirmoqda, dedi RIA Novostiga Federatsiya Kengashining konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas.
AQSh Davlat departamenti tomonidan grant sifatida ajratilgan 100 ming dollarlab mablag‘lar saylovchilardan talab etilgan kayfiyatni yaratishgagina emas, balki kuzatuvchilar va saylov komissiyalari a’zolariga ta’sir ko‘rsatishga ham - boshqacha aytganda, saylovlarning "xolis" natijalari uchun yo‘naltirilgan.
FK qo‘mitasi boshlig‘i fikricha: Ukraina prezidentligiga saylovlardagi ko‘psonli qonunbuzarliklarni o‘rganishlaridan voz kechish, saylovchilarning ko‘pgina ovoziga ega bo‘lgan nomzodga nisbatan jinoiy ishning qo‘zg‘atilishi, amaldagi hukumatga sodiq bo‘lmagan elektratning saylovlarga yaqinlashtirilmasligi, MDH davlatlaridan xalqaro saylovchilarning yo‘qligi Ukraina prezidentligiga bo‘layotgan saylovlarning notransparent va nodemokratik xarakterga ekaligidan dalolat beradi.
Siyosatshunos, amerikashunos Mixail Sinelnikov-Orishak Sputnik radiosi efirida Ukrainadagi saylovlar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu saylovlar AQSh nazoratida o‘tmoqda, hisob. Jarayon qirralaridan biri – Kiyevning g‘arblik kreditorlarga moliyaviy qaramligidir. Kiyevning yangidan-yangi kreditlarga ehtiyoji bo‘ladi albatta, bu esa AQShga Ukrainani "arqonda" ushlab turishga imkon yaratadi, va Kiyev bunda Amerikadan hech qayerga qochib ketolmaydi. Amerikaliklar shunga aminki, Kiyevning najot so‘rab boradigan joyi yo‘q, ular kimni saylashlaridan qat’iy nazar, u amerikaparast prezident bo‘ladi. Shu bois, (Petr) Poroshenko ular uchun qulay, deb taxmin qilish mumkin. Saylovlarning birinchi turiga qadar, Amerika Qo‘shma Shtatlari (Ukraina bo‘yicha maxsus vakil) Kurt Volker nomidan AQSh saylangan har qanday prezidentni qo‘llab-quvvatlashini bildirganida ham chuqur ma’no bor. Ukrainaning istalgan prezidenti ularning moliyaviy arqonini uzib ketolmaydi", - dedi Mixail Sinelnikov-Orishak.
Ukraina prezidentligiga birinchi tur saylovlar 31-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Nomzodlarning hech biri g‘oliblik uchun zarur bo‘lgan ovozlarni to‘play olmadi, saylovlarning ikkinchi turi 21-aprel kuni o‘tkaziladi. Unda Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenko va birinchi tur yetakchisi Vladimir Zelenskiy qatnashadi.