TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Toshkentning Yashnobod tumanida S.Mashxadiy ko‘chasidagi quduq ichida zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan erkak jasadi topildi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.
"Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha fuqaro A.Iga tegishli № 12 uyda, hech kim yashamagan. Shu bilan birga, bu yerda 2018-yildan buyon tadbirkorlik maqsadida baliq yetishtirilgan va jasadi topilgan erkak hamda balog‘at yoshiga yetmagan K.Sh bu yerda norasmiy mehnat bilan band bo‘lgan", - deb xabar qilgan nashrga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, 10-aprel kuni hovlida boshqa shaxslar yo‘q vaqtida, o‘rtada yuzaga kelgan janjal oqibatida voyaga yetmagan yigit erkakning boshiga bolta bilan bir necha marotaba tushirgan va shundan so‘ng, fojia izlarini yashirish maqsadida erkak jasadini quduqqa tashlab, hodisa joyidan yashiringan.
Yashnobod tumani prokuraturasi voyaga yetmagan shaxs ustidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97 moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1 bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan. Ayni vaqtda jinoyatchi qo‘lga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.