O‘zshahar qurilish invest Sergelidagi uylar narxi nega oshganiga izoh berdi

© Shaxar Kurilish investDostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Narxlarni biz ekspertizadan keyin belgilaymiz. O‘z xatlarimizda biz narxlar o‘sishi mumkinligini ko‘rsatganmiz. Ehtimol, hokimiyat va bank aholini ogohlantirmagandir, balki odamlar shartnomadagi ushbu bandni o‘qimagandir", — deya qayd etdi Sputnik muxbiriga kompaniya matbuot-xizmati vakili.

TOShKENT, 12 apr - Sputnik. "O‘zshahar qurilish invest" 11-aprel kuni arzon uylarda kvartiralar narxi oshirishi sabablarini ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri kompaniya matbuot-xizmatidan olingan xabarga asosan.

Kompaniyaning tasdiqlashicha, 2017 va 2018 yillarda qurilish ishlari mexanizm va prinsiplari o‘zgarmagan bir xil tipdagi loyihalar, mashina-mexanizmlar, qurilish materiallari hamda 2017-yil qurilish ishlarida qatnashgan pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi.

Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi qaroridan kelib chiqib, uyning 1 kv. m narxi 2 mln 841 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda hokimliklar va banklarga 2017-yil 25-oktabrda xatlar bilan murojaat qilingan.

Qarorning 12-bandida qurilish ishlarini loyiha ishlari bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat berilganligi sababli 2018-yil mart oyida loyixalarni Davlat ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilib, ijobiy xulosalar olingandan so‘ng 2018-yil 29-mayda uyning 1 kv m narxi yuqoridagi ekspertiza xulosasiga asosan qayta hisoblangani to‘g‘risida yozma ravishda joylardagi xokimiyatlar va tegishli bank muassasalari tanishtirilgan.

Narxlarning oshirilishiga quyidagilar sabab bo‘lgan:

2017 yil 2-sentabrda O‘zbekistonda valyuta bozori liberallashtirildi. Bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan import qilinadigan qurilish materiallari narxiga, xususan yog‘och-taxta, tom yopish uchun ishlatiladigan metall listlar va boshqa materiallarga ta’sir etdi. Ya’ni 1 tonna profnastil narxi 2017-yilda 3 mln so‘mdan ziyodroqni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda bu 9,6 mln so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 314,8 foizni, yog‘och-taxta mahsulotlari 2017-yilda 1 m.kub. narxi 878 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 1,8 mln so‘mdan ziyodroqni, o‘tgan yilga nisbatan 205,6 foizni tashkil etgan.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir hududlarda o‘tkaziladigan sayyor majlislarga boshchilik qiladi

Prezidentning 2017-yil 14-noyabrdagi qaroriga asosan, 2018-yil 1-yanvaridan boshlab respublikada ishlab chiqarilib ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi uchun imtiyozli narxlarda ajratilgan sement va metall maxsulotlarini birja savdolari orqali sotish tartibi joriy etilganligi sababli ushbu maxsulotlar narxlari o‘zgarishiga olib keldi. Xususan 2017-yilda 1 tonna sement narxi 135,1 ming so‘mni, 2018-yilda ushbu narx 305,8 ming so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 226,3 foizni tashkil etgan. 1 tn metall narxi 2017-yilda 1,9 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 4,6 mln so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 241,7 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari yoqilg‘i moylash mahsulotlari narxi 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 202 foizga oshgan.

2017 yil 1-dekabrdan oylik ish haqi miqdorlari o‘rtacha 15 foizga oshgan, hamda 2018-yilda 2017-yilga nisbatan gaz, elektr energiyalar narxlarining oshishi o‘z navbatida qurilish mollarining narxlarida o‘zgarishga olib keldi. Xususan 1 dona g‘isht narxi 2017-yilda 430 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 880 so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 204,7 foizni, 1 m.kub. shag‘al va qum narxi 2017-yilda 31,4 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 55 ming so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 175,2 foizni tashkil etgan.

Arzon uy-joylar qurilishiga berilgan tegishli soliq imtiyozlar sababli, uy-joylarning 1 kv. m narxlari 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 139 foizdan 141 foizgacha o‘sgan.

Dialog xokimiyata s jitelyami Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Jahongir Ortiqxo‘jayev yangi uylar qurilishida eng katta muammoni aytdi

2017 yilga nisbatan 2018-yilda narxlarning oshganligi sababli fuqarolar tomonidan dastlabki badalni to‘lashni yengillashtirish maqsadida 2018-yil 18-iyuldagi prezident qaroriga ko‘ra, ko‘p qavatli arzon uy-joylar uchun fuqarolar tomonidan to‘lanadigan dastlabki badal miqdori xonadon narxining 25 foizi o‘rniga 15 foiz etib belgilandi. Buning natijasida yuzaga kelgan farq fuqarolar arizalariga asosan qaytarib to‘lab beriladi.

Ushbu ishlar uy-joylarning tannarxini tushirish uchun bajarilgan va Sergeli tumanida 47,3 mlrd so‘m mablag‘ dastlabki taqdim etilgan qiymatiga nisbatan tejab qolinishiga erishildi. Buning natijasida uy-joylarning 1 kvadrat metri narxi oldingi taqdim etilgan narxlarga nisbatan 150 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha arzon xolda tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.

"Qurilish bilan biz shug‘ullanamiz, hokimiyat kimga buyurtma berishni belgilaydi, bank kredit ajratadi. Bu masala bilan uchta tashkilot shug‘ullanadi. Narxlarni biz ekspertizadan keyin belgilaymiz. Biz aholi bilan ishlamaymiz, bu hokimiyatning vazifasi, biz ko‘rsatilgan ikki tomon bilan ishlaymiz. O‘z xatlarimizda biz narxlar o‘sishi mumkinligini ko‘rsatganmiz. Ehtimol, hokimiyat va bank aholini ogohlantirmagandir, balki odamlar shartnomadagi ushbu bandni o‘qimagandir", — deya qayd etdi Sputnik muxbiriga kompaniya matbuot-xizmati vakili.

Yangiliklar lentasi
0