Bosh vazir hududlarda o‘tkaziladigan sayyor majlislarga boshchilik qiladi

© Pravitelstvo respubliki KirgizstanPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sayyor majlislar tizimli asosda har chorakda o‘tkaziladi. Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yig‘ilishi shaklida o‘tkaziladi.

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

V Surxondare proveli priyem grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Prezident vakili Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazdi: qanday muammolar hal etildi

Nizomga muvofiq, sayyor majlislar joylarda aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini o‘rganish uchun o‘tkaziladi.

Quyidagilar sayyor majlislarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

- Harakatlar strategiyasidagi, davlat dasturlaridagi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini ta’minlash;

- rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish va boshqalar.

Sayyor majlislar tizimli asosda har chorakda o‘tkaziladi. Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yig‘ilishi shaklida o‘tkaziladi.

V Tashkentskoy oblasti sostoyalsya viezdnoy priyom grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar, Bosh prokuratura va MIB rahbarlarining sayyor qabuli jadvali

Sayyor majlislarga Bosh vazir boshchilik qiladi. Prezident ham majlislarga boshchilik qilishi mumkin.

Sayyor majlislarga Qonunchilik palatasi, Senat, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari taklif etilishi mumkin.

Sayyor majlis yakuni bo‘yicha qaror qabul qilinadi hamda uning ijrosi ustidan nazorat Hukumat apparati tomonidan amalga oshiriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0