TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Toshkent shahar hokimining joriy yil 2 aprel kunidagi qarori bilan ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustamaning amal qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda “Norma” xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi qaror bilan ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustamaning amal qilish muddati uzaytirildi, shuningdek, kanalizatsiya xizmatlariga 1 kub metr uchun 100 so‘m miqdorida ustama belgilandi.
Ta’kidlanishicha, hujjat “Toshkent oqshomi” gazetasining 9.04.2019 yildagi 57-sonida chop etilgan va shu sanadan e’tiboran kuchga kirgan.