TOShKENT, 10 apr – Sputnik. “Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlandi.
Qaror loyihasida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining, mazkur inspeksiya qoshida ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan “Kommunal audit” davlat unitar korxonacini tashkil etish bo‘yicha takliflari maqullash qayd etilgan.
“Kommunal audit” DUKning asosiy vazifalari:
- ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatishga daxldor bo‘lgan barcha jarayonni texnologik auditdan o‘tkazish;
- texnologik audit o‘tkazish tartiblari va rejalarini ishlab chiqish hamda barcha manfaatdor idoralar bilan kelishish;
- zaruriy hollarda, texnologik auditdan o‘tkazishda ishtirok etish uchun davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini shartnoma asosida jalb etish;
- texnologik audit ishlarini shartnomaviy munosabatlar asosida
va sifatli o‘tkazish;
- suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida davlat kapital qo‘yilmalari
va horijiy moliya institutlarining mablag‘lari evaziga quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan ishlarni manzilli ro‘yxati va dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish, bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish;
- o‘tkazilgan texnologik audit va o‘rganish natijalari bo‘yicha muammolar
va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq innovatsion takliflarni taqdim etish.
Hujjatga Cuv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan o‘tkazish tartibi loyihasi ham ilova qilingan.
“Audit o‘tkazish jarayonida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari inshootlarida aniqlangan kamomadlar bo‘yicha hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holda hududiy prokuratura organlariga taqdim etiladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.