Toshkentda dzudo bo‘yicha Osiyo kubogi o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
Mazkur musobaqa har yili Uchqun Murodov xotirasiga an’anaviy tarzda o‘tkazilib, unda yosh iqtidorli dzudochilar saralab olinadi.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Joriy yilning 12−15 aprel kunlari Toshkent shahrida dzudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tadi. Turnirda 6 mamlakatdan 250 ga yaqin ishtirokchi o‘z omadini sinab ko‘radi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Diyerbek Urozboyev prazdnuyet pobedu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik dzudochilar Yekaterinburg “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etishadi

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, 12-13 aprel kunlari kadetlar toifasidagi bellashuvlar o‘tkazilsa, 14-15 aprel sanalarida yoshlar o‘z mahoratini namoyish etishadi. Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa har yili Uchqun Murodov xotirasiga an’anaviy tarzda o‘tkazilib, unda yosh iqtidorli dzudochilar saralab olinadi.

Ta’kidlanishicha, bahslar “Universal” sport majmuasida o‘tkaziladi. Musobaqada O‘zbekiston dzudochilaridan tashqari Rossiya, BAA, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolari ham medallar uchun bahs olib borishadi.

Eng ko‘p ishtirokchilar O‘zbekiston (111) va Qozog‘iston (82) jamoalarida qayd etilgan.

Vazn toifalari:

O‘smirlar: -50 kg (16 ishtirokchi), -55 kg (26), -60 kg (27), -66 kg (26), -73 kg (18), -81 kg (16), -90 kg (16), +90 kg (16)

Qizlar: -40 kg (6 ishtirokchi), -44 kg (12), -48 kg (9), -52 kg (9), -57 kg (12), -63 kg (14), -70 kg (12), +70 kg (10).

Yangiliklar lentasi
0