TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochilar 15-17 mart kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida dzudo kurashi bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yirik musobaqada ishtirok etishadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, “Katta dubulg‘a” turnirida 50 ga yaqin mamlakatdan 400 dan ziyod ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar vakillari ham bor. Qayd etish joizki, mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini berishi bilan yanada ahamiyatli.
Delegatsiya tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev, Kemran Nurillayev
-66 kg: Artom Shturbabin, Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon Nomonov, Ulug‘bek Otamurodov
-81 kg: Muso Sobirov, Akmaljon Najmiddinov,
-90 kg: Shahzodbek Sabirov
+100 kg: Husniddin Husanov
Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Murabbiylar: Jamshid Xudoyberganov va Ilhom Xoliqov